09:23 / 19.02.2020
2 688

Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi

Xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi
Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.
O‘zbekiston prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonda alohida ta’kidlab o‘tilishicha, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, shuningdek, davlat organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratadi, qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlarni amalga oshirishda ularga ko‘maklashadi.

Hujjat bilan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo‘linmalari tashkil etildi hamda vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Farmon bilan quyidagi lavozimlar joriy etildi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasida Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimi;
- viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosarlari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari lavozimi;
- tuman (shahar) hokimliklari tuzilmalarida hokim o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i lavozimi.

Bosh vazir o‘rinbosari, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, tegishli hokim o‘rinbosarlari sanalgan xotin-qizlar qo‘mitalari raisi lavozimlari tugatildi.

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.

22 mart sanasini “Mahalla tizimi xodimlari kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklif ma’qullandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)