Telegramdagi @sizdantelegram kanalida “Hokimiyatning avtomashinasi ko‘chada ketayotgan qizni ”ovlamoqchi“ bo‘ldi” sarlavhali xabar tarqaldi.
Videoda, tungi vaqtda 80 230 AAA rusumli oq Lacetti avtomobili haydovchisi va uning oldida o‘tirgan sherigi bilan ko‘chadagi notanish ayolga gapirayotgani aks etgan.
— Shukhrat (@bankir2102) February 26, 2020
Shundan so‘ng, video muallifi ularga yaqinlashib, “Davlat raqamiga e’tibor qarating. Bu qaysi hokimiyatning mashinasi?” deb so‘raydi. Haydovchi katta tezlikda ulardan uzoqlashib ketadi. “Buxoro viloyat hokimligi bunga nima deydi?”- degan video muallifi.
Buxoro viloyati hokimligi ushbu mashina haqiqatdan ham hokimiyat bo‘limlaridan biriga tegishli ekanligini tan oldi va haydovchiga chora ko‘rdi.
Videoda tasvirlangan avtomashina (davlat raqami 80 230 AAA) Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasiga tegishli bo‘lib, holat bugun, 25 fevral kuni boshqarma mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida keng muhokama qilindi, deyiladi Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi ma’muriyati xabarida.
Foto: @sizdantelegram
“Haydovchi Sh.Salimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi va Buxoro viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasining Ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda xizmat avtomashinasidan o‘z shaxsiy ehtiyoji uchun foydalanish bilan birga, mazkur xizmat avtomashinasidan foydalanish huquqi mavjud bo‘lmagan shaxsni mindirish va notanish yo‘lovchi qiz bilan gaplashish orqali haydovchining lavozim yo‘riqnomasi hamda boshqarmaning Odob-axloq qoidalari talablarini buzganligi bois, u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi