07:00 / 06.03.2020
4 207

Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin? 8 mart uchun foydali maslahatlar

Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin? 8 mart uchun foydali maslahatlar
Gullar bizga butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Guldasta tanlashda ko‘p yillar ichida amal qilish juda muhim bo‘lgan ma’lum bir yozilmagan qoidalar yuzaga kelgan.
Bizning bir necha foydali maslahatlarimiz sizga gullarni turli vaziyatlar uchun qiynalmasdan tanlashda yordam beradi.

Guldastadagi gullar soni haqida
Sobiq ittifoq mamlakatlarida guldasta toq sonli gullardan tashkil topgan bo‘lishi kerak, juft – faqat qabrga qo‘yiladigan guldastalar uchun degan qoida mahkam o‘rnashib qolgan.
Lekin AQSHda va ko‘pchilik Evropa mamlakatlarida juft son juftlik, sevgi va muvaffaqiyatlar ramzi hisoblanadi.

Foydali maslahat: Eng muvofiq usul turli xil ko‘plab gullardan tashkil topgan yoki o‘z ichiga har xil yirik va mayda gulli to‘pgullarni olgan guldastadir. Bu freziyalar, atirgullar, xrizantema shoxchalari yoki gipsofillar bo‘lishi mumkin.

Guldasta uchun gullarning rangini tanlaymiz
Yevropa mamlakatlari uchun oq rang – tozalik va noziklik timsoli, Sharq xalqlari uchun esa – motam timsoli bo‘lib hisoblanadi. Sariq gullar ba’zilar uchun — ayriliq timsoli bo‘lsa, boshqalar uchun esa – bu quyosh rangi, quvonch va iliqlikni anglatadi.

Foydali maslahat: Turli xil rangli gullar yig‘ilgan yoki asosiy rangi bir xil tusda (oq-pushti, och jigarrang-qizil) bo‘lgan guldastani tanlashingiz mumkin.

Guldasta yasaymiz
Guldasta uchun o‘simliklar turini tanlab olish juda qiyin masala. Atirgul sevgi ramzi hisoblanadi, qizil chinniguldan rasmiy tadbirlarda yoki motam marosimlarida foydalaniladi. Xrizantemalar esa – betaraf gullar hisoblanadi.

Foydali maslahat: Muammolar va qiyinchiliklardan qochish maqsadida muayyan bir tadbir yoki voqea uchun guldasta tanlashda – asosan anturiumlar, gerberlarga o‘xshash ekzotik gullar sotib oling.

Manba: “Woman.ru”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qanday qilib guldastani to‘g‘ri tanlash mumkin? 8 mart uchun foydali maslahatlar