21:00 / 17.03.2020
3 435

Vazirlik: O‘zbekistonda koronavirusni tashxislash bo‘yicha imkoniyat yetarli

Vazirlik: O‘zbekistonda koronavirusni tashxislash bo‘yicha imkoniyat yetarli
Respublikada koronavirus holatlarini tashxislash bo‘yicha texnik imkoniyatlar yetarli.
«O‘zbekistonda koronovirus infeksiyasining tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar» mavzusidagi brifingda koronavirus bilan kasallanganlikda tashxislash jarayoni qanday kechishi xususida ma’lumot berildi.

«O‘zida koronavirus alomatlarini (umumiy holsizlanish, tomoq qichishi va quruq yo‘tal, nafas qisishi, tana haroratining ko‘tarilishi) sezganda yoki kasallanganlik ehtimoli bo‘lgan shaxs bilan muloqotda bo‘lganda tez tibbiy yordam chaqirish zarur. Tez yordam shifokori haqiqatan ham koronovirusga gumon qilsa, hududdagi belgilangan shahar/tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib boradi.

Har bir viloyatda Sanitariya-epidemiologiya markazi bo‘lib, u yerda virusologiya laboratoriyasi bor. Shu yerda gumonlanuvchining tahlillari koronavirusga to‘g‘ri tashxis qo‘yadigan apparatda o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi. Agar COVID-19 borligi tasdiqlansa, yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus palataga yotqiziladi», deya tushuntirdi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov.

Almatovning qo‘shimcha qilishicha, har bir aholi punktiga xizmat qiluvchi davolash muassasasida virusolog-terapevt mutaxassis mavjud. Zarurat bo‘lganda, kasallikka gumon bo‘lmay, faqatgina profilaktik ko‘rik uchun ham shu mutaxassis bilan maslahatlashish mumkin.

Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi ​​​​​boshlig‘i Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, respublikada koronavirusni tashxislash bo‘yicha texnik imkoniyalar yetarlicha.

«Kasallikni tashxislash bo‘yicha muammo yo‘q. Texnik imkoniyatlar yetarli. Barcha tibbiyot xodimlari kasallik bo‘yicha tayyorlovdan o‘tgan.

O‘zbekiston koronavirusni tashxislash bo‘yicha Rossiyadan 3000ta, JSSTdan 1500ta, Xitoydan 1500ta test tizimini sotib olgan. Bugun Rossiyadan yana 6000ta test tizimi yetib kelishi kerak.

Bundan tashqari, AQSHning Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika qilish markazidan 1500ta test yuborilishi kutilmoqda», dedi Otabekov.
U virus bilan kasallanish holatining takrorlanishi bo‘yicha ham izoh berdi.

«SOVID-19ʼdan davolanib, tuzalib chiqqandan so‘ng kasallikning takrorlanish holati haligacha kuzatilmagan. Ammo sog‘aygan odamda kasallik asoratlari qoladi. O‘pkada biriktiruvchi to‘qimalar rivojlanishi natijasida nafas qisishi seziladi, bu uzoq davom etishi mumkin», deya ta’kidladi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati inspeksiyasi ​​​​​boshlig‘i.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Vazirlik: O‘zbekistonda koronavirusni tashxislash bo‘yicha imkoniyat yetarli