12:53 / 23.03.2020
3 015

Sodiq Safoyev: «Bu ofatga qarshi kurash faqat hukumatning ishi emas»

Sodiq Safoyev: «Bu ofatga qarshi kurash faqat hukumatning ishi emas»
Foto: Xalqaro press-klub
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev koronavirusga qarshi kurashda jamiyat birlashishi muhim ekanini aytib o‘tdi.

«Xorijning iqtisodiy ma’lumotlarini o‘rganib chiqdim. O‘zbekiston hukumati, O‘zbekiston rahbari tomonidan koronavirusga qarshi dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘lar kishi boshiga hisoblaganda boshqa eng rivojlangan davlatlarda ajratilgan mablag‘lardan ko‘proq bo‘lib chiqyapti. Bu nihoyatda muhim», dedi Sodiq Safoyev Xalqaro press-klubda koronavirusga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada.

Senat raisining birinchi o‘rinbosari koronavirusga qarshi kurashish har bir fuqaroning ishi ekanini ta’kidladi.
«Bu ofatga qarshi kurash faqatgina hukumatning ishi bo‘lolmaydi. U butun jamiyat, har birimizning ishimiz. Hech kim chetda turolmaydi», deydi Safoyev.

Senatorlar Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi «Mehr-shafqat va salomatlik jamiyati» fondiga pul o‘tkazish tashabbusi bilan chiqishgani haqida aytib o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sodiq Safoyev: «Bu ofatga qarshi kurash faqat hukumatning ishi emas»