15:08 / 27.03.2020
5 506

Munisa Rizayeva jamoat joyida niqobsiz yurgani uchun jarima to‘laydi

Munisa Rizayeva jamoat joyida niqobsiz yurgani uchun jarima to‘laydi
Foto: Madaniyat vazirligi
Xonanda Munisa Rizayeva karantin paytida jamoat joyida bo‘lish qoidasini buzib, niqobsiz yurgani uchun javobgarlikka tortiladi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, ya’ni Munisa Rizayeva ko‘chada va fuqarolar bilan uchrashgan davrida niqobsiz ekanligi to‘g‘risidagi video tasvirga tushirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi savollar:
- jamoat joylarida niqobsiz yurganlar ishi sudda ko‘rilmoqda ekan, xo‘sh, Munisaga ham ish ochiladimi?
- Munisa nega niqob taqmagan? Nega unga hech kim niqob taqish kerakligi haqida jiddiy ogohlantirmadi?
- Qaror Munisaga tegishlimasmi yo Munisaga o‘xshashlarning barigami?

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Madaniyat vaziri zudlik bilan xonandaga nisbatan qattiq ogohlantirish berib, jarima to‘lovini amalga oshirishini uqtirgan. Shu bilan birga, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda Davlat rahbari va Huqumat tomonidan ishlab chiqilayotgan zaruriy choralar O‘zbekistondagi barcha fuqarolarga tegishli ekanligini ta’kidlagan.

O‘z navbatida Munisa Rizayeva bu holat yuzasidan izoh berib, qayta takrorlanmasligiga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Munisa Rizayeva jamoat joyida niqobsiz yurgani uchun jarima to‘laydi