Bir ko‘ngilsizlikdan qochaman, deb, boshqasiga yo‘liqib qolish muammosi inson zotini doim ta’qib etib kelgan. Masalan, bir aqidaviy keskinlikdan keskin qochaman, deb, boshqasining to‘riga tushib qolingan holatlar din tarixining asosini tashkil qiladi, desak, mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Faqatgina tushunchalarda markazga yaqin tura olganlar – hadlarga (chegaralarga) yaqin yo‘lamaganlar, “qochish”da keskinlikni oshirib yubormaganlar bundan omon qolganlar.
Buyuk kelishuvlar (fitnalar) haqida ko‘p munozaralar ketyapti. Bir taraf bo‘layotgan ko‘plab ishlarning zamirida qaysidir guruhlarning kelishuvini “ko‘rsa”, boshqa bir taraf bu tarafni ba’zida ishoralar bilan, ba’zida ochiq, ba’zida o‘ta keskin tanqid qilyapti, ba’zida esa aqlsizlikda ayblayapti.
Keskinlik qizig‘ida ikkinchi guruhning fikrlari “dunyoda hechqanaqa kelishuv yo‘q, bo‘layotgan ishlarga til biriktirishlarning umuman ta’siri yo‘q” deyishga yaqinlashib qoladi.
Inson borki – illatlar bor. Ammo illat imkon bilan birlashgandagina katta yomonliklar sodir bo‘ladi. Imkonsiz yomon niyat niyatligicha qolib ketadi.
Dunyoda bir toifa insonlarga katta imkonlar berilgani – haqiqat. Ularning bir qismi ko‘plab illatlarni o‘zida jamlagani – bu ham haqiqat. Illatlarni o‘zida jamlagan inson qo‘lida katta imkon bo‘lsa, illatlari yanada ko‘pchiydi va yomon istaklari tobora qo‘ziydi. Nafsi hakalak otib, to‘xtovsiz yangi narsalarni istaydi. Fir’avn, masalan, borib-borib xudolikni da’vo qildi.
Inchunun, “hozirda hech kim dunyoni o‘z izmiga yurg‘izishni istamaydi, buning uchun imkon egalari harakat qilmayapti” deb aytish bu go‘yo “inson zoti ichida illatlar qolmagan” yoki “imkonli insonlar ichida illatlarga to‘la insonlar yo‘q” deyish bilan barobar. Bu esa mantiqdan yiroq yondoshuv.
Demak, qaysidir guruhlar o‘z manfaatlari yo‘lida qo‘llaridagi ulkan imkoniyatlarni ishga solib, imkon qadar dunyoga ko‘proq ta’sir etishga urinayotganlarini ehtimol qilish – tabiiy.
Nima demoqchiman? O‘sha gap:
Bir noqulaylikdan qochaman deb, keskin harakat qilib, boshqa bir noqulaylikka duchor bo‘lmaslik kerak. Zero insoniyat tarixi bundan ogoh etuvchi ishoralarga to‘la. “Fitnalar nazariyasi”ga mukkasidan ketish va “bu dunyoga til biriktirishlarning ta’siri yo‘q” deyish – ikkita, bir-biriga qarama-qarshi radikal qirralar. Qirradan esa “yiqilib tushish” ehtimoli yuqori...
Muhammad Shakur
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi