16:21 / 08.04.2020
2 384

MIB: @mibuzbot iste’molchilar uchun qulayliklar yaratmoqda

MIB: @mibuzbot iste’molchilar uchun qulayliklar yaratmoqda
Komiljon Rahimov Uchqo‘rg‘on tumanining Qumto‘g‘on mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiladi. Xonadon a’zolari foydalanilgan elektr energiyasi hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarni har oyning 10 sanasiga qadar amalga oshirib borishadi. Biroq, bugungi karantinli davrda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni qanday amalga oshirish ularni o‘ylantirayotgan edi.

Aynan Majburiy ijro byurosi tomonidan yaratilgan telegramdagi bot bu muammoga yechim bo‘ldi. Ya’ni iste’molchi ushbu botga ulanib, to‘lovni uydan chiqmagan holda amalga oshirmoqda.
- Haqiqatdan mazkur botda iste’molchilarga qator qulayliklar yaratilganini guvohi bo‘ldim, deydi Komiljon Rahimov. Elektr energiyasi hisoblagich ko‘rsatkichini suratga olib, botga yubordim. Qisqa vaqt ichida qarzdorligim borligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu bot orqali esa to‘lovni amalga oshirdim.

Darhaqiqat, Byuroning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan har bir mahalla fuqarolar yig‘inida bot, undan foydalanish va iste’molchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar targ‘ib etilmoqda. Bunda albatta, gigiyena qoidalariga amal qilish, masofa saqlashga e’tibor qaratilmoqda.
- Menga biriktirilgan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida 400 nafardan ziyod iste’molchi bor, deydi davlat inspektori Abror Shermirzayev. Kuniga o‘rtacha 80-90 nafar iste’molchi hisoblagichni fotosuratga olib botga yuborishmoqda. Ko‘rsatgich “MIB inspektor” android elektron tizimiga kelib, abonent hisobiga kiritib borilmoqda. Ushbu bot ham iste’molchi uchun, ham inspektorlar uchun qulaylik yaratmoqda.

Asosiysi, hozirgi karantin davrida aholi uydan chiqmay turib to‘lovlarni amalga oshirishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB: @mibuzbot iste’molchilar uchun qulayliklar yaratmoqda