18:12 / 08.04.2020
2 783

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 545 taga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 545 taga yetdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 11 kishiga koronavirus infeksiyasidan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.
«2020 yil 8 aprel soat 17:15 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 545 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekistonda dastlabki bemor 15 mart kuni aniqlangan edi. Aprel oyida bemorlar soni sezilarli darajada ko‘paya boshladi, Jami 545ta holatning yarmidan ko‘pi – 319tasi so‘nggi besh kun ichida aniqlandi.
Shu vaqtgacha bemorlarning 30 nafari sog‘aygan, 3 kishi vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari 545 taga yetdi