09:30 / 10.04.2020
3 138

Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi

Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi
Foto: Qashqadaryo hokimligi
Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayevning Shahrisabz shahriga tashrifi ortidan 10 aprel soat 00:01 dan e’tiboran shaharga kirish-chiqish taqiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev 9 aprel kuni Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida bo‘lgan. Hokim tashrifi chog‘ida Amir Temur tavalludining 684 yilligi munosabati jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilingan.

Foto: Qashqadaryo hokimligi
Viloyat hokimi tashrifi davomida Shahrisabz shahri va Yakkabog‘ tumanida karantin qoidalariga qay darajada amal qilinayotgani bilan tanishgan. O‘rganish jarayonida bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Foto: Qashqadaryo hokimligi
Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan mas’uliyatsizlik qilgan sanitariya-epedimiologik osoyishtalik markazining Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tumani bo‘limi rahbarlari Faxriddin Jumanov hamda Ozoda Eshqobilovaga, shuningdek sanitariya-epedimiologiya nazorati inspeksiyasi Shahrisabz shahar va Yakkabog‘ tuman filiali rahbarlari Q.Xudoyqulov va Ch.Qodirovga hayfsan berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryo hokimining Shahrisabzga tashrifi ortidan mas’ullar hayfsan oldi