Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha barcha choralar ko‘rilgani, karantin davrida qat’iy tartib-intizom o‘rnatilgani bois kasallik bilan bog‘liq raqamlar ijobiy bo‘lib turibdi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 aprel kuni Buxoro viloyatining Olot tumanida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlab o‘tdi.
«Bu yo‘nalishda Buxoroda ham katta ishlar qilinyapti. Har bir fuqaroning hayotini saqlab, birorta ham o‘lim bo‘lmasligi uchun 24 soat harakat qilyapmiz. Albatta, bu boshimizga tushgan katta sinov. Men birinchi kundanoq aytdimki, bu sinovdan qudratli bo‘lib chiqamiz, bir-birimizga mehrimiz, muhabbatimiz, albatta, oshadi», — dedi Prezident.
Ta’kidlash joizki, 28 aprel kuni O‘zbekistonda ilk bor koronavirusdan sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan oshib ketdi. 29 aprel soat 10:00 holatida ham sog‘ayganlar ustunligi saqlanib turibdi. Ayni vaqtda mamlakatda ilk kasallanish holati qayd etilgan 15 martdan buyon sakkiz kishi kasallik qurboni bo‘ldi.
Avvalroq singapurlik tadqiqotchilar O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi 2 may kuni 97 foizga, 23 mayga kelib esa 100 foizga chiqishi mumkinligini prognoz qilgan edi. Qayd etish joiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 aprel kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda «karantinni qachon bekor qilish xalq bilan bamaslahat, har tomonlama chuqur o‘ylab va tahlil qilib, albatta, ko‘rib chiqilishi»ni ta’kidlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi