Kun.uz’ning «O‘zbekneftgaz» kompaniyasidagi manbasi xabar berishicha, 3 may soat 00:00dan AI-80 markali benzin narxi 1 litri uchun 4500 so‘mdan 4000 so‘mga tushirilishi rejalashtirilmoqda.
Qayd etilishicha, ushbu masala bo‘yicha tegishli qaror qabul qilinishi va e’lon qilinishi kutilyapti.
Aprel oy boshida Ai-80 benzini narxini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilinishi ma’lum bo‘ldi. Prezident qaroriga muvofiq, 1 maydan Ai-80 markali benzin va dizel yonilg‘isi birja savdolari orqali sotila boshlanadi.
O‘zbekistonda 2019 yilning 15 avgust kuni AI-80 markali benzinning bir litri uchun 4 500 so‘m narxi belgilangan. O‘shanda bu markadagi yoqilg‘i 500 so‘mga oshirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 26 mart kunidan O‘zbekistonda Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgan edi. 29 aprel kunidan boshlab bu mahsulotning narxi 5500 so‘m qilib belgilandi.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» yonilg‘i quyish shoxobchalarida 13 apreldan boshlab AI-91 markali benzinning 1 litri 200 so‘mga arzonlashib, 5600 so‘mdan sotila boshlanishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi