Joriy yilning 3 may kuni soat 09:59da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Yunusobod tumani, M.Qushbegi ko‘chasidagi uyda yashovchi R.D.ga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasi Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasida joylashgan bank oldidan ikki noma’lum shaxs tomonidan olib qochilgan.
IIV PPX va JTSBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, poytaxt IIBB patrul-post xizmati brigadasi, 1-batalon, 1-otryad xodimlari xizmat faoliyatlari davomida soat 10:42da “To‘sib ushlash” rejasiga asosan berilgan “Matiz” rusumli avtomashinani Mirzo Ulug‘bek tumani, Oqqo‘rg‘on ko‘chasi 1-uy oldidan harakatlanib ketayotganini ko‘rib, haydovchini to‘xtatishga urinishgan.
Biroq, haydovchi xodimlarning qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan, voqea joyidan yashirinishga harakat qilgan vaqtda xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu avtoulovni olib qochayotgan shaxslar ushlanib, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga olib borilgan. Ularning shaxsi tekshirilganda, ular Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi G.V. va F.Ye. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”