06:30 / 19.05.2020
3 308

Toshkent, Samarqand va Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi

Toshkent, Samarqand va Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi
18 may kuni O‘zbekistonda jami 38ta yangi zararlanish holati qayd etildi va 67 nafar bemor tuzaldi. Shu vaqtgacha 2314 bemor sog‘aygan, ayni vaqtda shifoxonalarda 464 bemor davolanmoqda. Respublika bo‘yicha davolanish ko‘rsatkichi 82 foizga yetgan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, bugun koronavirus qayd etilganlarning 9 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari hisoblanadi, charter reys orqali BAAdan olib kelingan 2 kishiga va Tojikistondan kelgan 1 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, oldindan karantinda bo‘lgan 26 kishida virus aniqlangan.

Kecha eng ko‘p yangi holatlar Toshkent shahrida qayd etilgan - 18 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan. Ayni vaqtda Toshkentda qayd etilgan jami holatlar soni 1049taga yetgan (Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati ham qo‘shib hisoblanganda), shu vaqtgacha 772 bemor tuzalgan, 6 kishi vafot etgan, shifoxonalarda 271 bemor davolanmoqda.

Samarqandda yana 14 kishida virus aniqlandi va jami holatlar soni 275taga yetdi. Shu vaqtgacha 175 bemor tuzalgan, 1 kishi vafot etgan, 99 bemor davolanishni davom ettirmoqda.

Navoiyda bugun bemorlar soni 6 nafarga o‘sdi, barcha holatlarda oldindan karantinda bo‘lgan fuqarolar orasida virus aniqlangan.
Kecha Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 39 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Shuningdek, Samarqandda 21, Namanganda 7 nafar bemorga javob berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent, Samarqand va Navoiyda koronavirusga chalinganlar soni ko‘paydi