19:16 / 21.05.2020
2 272

MIB munosabatidan: Xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqish ahvoli o‘rganib borilmoqda

MIB munosabatidan: Xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqish ahvoli o‘rganib borilmoqda
Joriy yilning 21-may kuni Ijtimoiy tarmoqlar orqali “MIB xodimlari: bizni 1 iyungacha haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarib, endi oyliksiz ishlatishyapti” nomli xabar tarqalgan edi.

Mazkur xabarda, Majburiy ijro byurosi Kitob tuman bo‘limining ayrim xodimlari majburiy tarzda o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilib, ish haqi to‘lanmagan holda yakshanba kuni ham ishlatilayotganligini ma’lum qilgan.

Xabar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshirishda, Byuroning Kitob tuman bo‘limida ishlayotgan 6 nafar xodim o‘z hisobidan ta’tilga chiqarilgan bo‘lib, ular ta’til davrida ishga jalb qilinmaganligi hamda Ijtimoiy tarmoqlarga bu haqida murojaat qilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2020 yildagi PF-5969-son “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Byuroning Kitob tuman bo‘limida koronavirus infeksiyasini tarqalashini oldini olish va uning ehtimoliy oqibatlarini kamaytirishni inobatga olib, joriy yilning 24 mart kunidan mehnat ta’tili, shuningdek, ish haqi saqlanmagan holda o‘z hisobidan ta’tilga chiqishlari tavsiya etilib, xodimlar o‘z arizalariga asosan ta’tilga chiqarilgan.

Xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqishida asosiy e’tibor – o‘z hohishiga bergan azrizasi hamda ish hajmining me’yori hisobga olinmoqda va bunda majburiy tarzda ta’tilga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hozirda, bo‘limdagi xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqishi ahvoli hamda ishni davom ettirish istagini bildirayotgan xodimlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.

Byuroning Kitob tuman bo‘limida xizmat qilayotgan xodimlarning faoliyati davrida alohida xizmat o‘tash sharoitlari inobatga olib, ularga nisbatan tegishli ijtimoiy muhofaza choralari, dam olish, moddiy ahvolini yaxshilash, mehnat ta’tilini olish va tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqlari kafolatlanadi.

Majburiy ijro byurosi – ayrim Ijtimoiy tarmoqlarda Byuro faoliyati haqida tarqatilayotgan asoslanmagan yoki ob’ektiv yondashmagan ma’lumotlar, faqatgina jamoatchilik e’tiborini chalg‘itishi mumkinligini inobatga olib, bu borada hamkorlik qilish muvofiq ekanini ma’lum qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB munosabatidan: Xodimlarning o‘z hisobidan ta’tilga chiqish ahvoli o‘rganib borilmoqda