Hozirda tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Navoiy viloyati Nurota tuman IIBga “Qizilcha” MFYda yashovchi fuqaro Sh.N. ariza orqali murojaat etgan, deb xabar bermoqda Navoiy viloyati IIB axborot xizmati.
U “Qo‘shquduq” qishlog‘i, “Aydarko‘l” yoqasida joylashgan otaridagi har birining bozor narxi 1 500 000 so‘m miqdorida bo‘lgan, ya’ni umumiy qiymati 21 000 000 so‘mlik 14 bosh qo‘ylarini noma’lum shaxslar xufiyona tarzda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.
Tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijalariga binoan, mazkur jinoyatni 1996 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, hozirda “Qizilcha” MFYda istiqomat qiluvchi K.L., 1997 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, ayni paytda “Qizilcha” MFYda yashovchi F.M., 1986 yil Nurota tumanida tug‘ilgan, tumandagi “E.Sudir” MFYda istiqomat qiluvchi Z.Sh., 1980 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, Karmana tumani “Kattamachit” MFYda ro‘yxatda turuvchi Ya.D. hamda 1992 yil Karmana tumanida tug‘ilgan, ayni paytda tumandagi “Kattamachit” MFYda yashovchi U.D. o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etganligi aniqlandi.
“Epidemiologik vaziyat hukm surayotgan sinovli kunlarda ayrim shaxslar tomonidan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar oilalarning iqtisodiy turmushiga jiddiy xavf solmoqda.
Ayniqsa, karantin davrida olis hududlarda yashovchi fuqarolarning ro‘zg‘origa oz bo‘lsa-da yengillik ulashayotgan chorva mollarining yo‘qolish holatlari kuzatilmoqda.
Yuqoridagi qoidabuzarlikda ishtirok etgan shaxslarning boshqa tumanlarda ham sodir etilayotgan o‘g‘irliklarda aloqadorligi gumon qilinib, hozirda tezkor surishtiruv ishlari davom etmoqda”, - deyiladi ma’lumotda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi