date
views 2 816

Olimlar nima sababdan odamlar birinchi bo‘lib yomon xabarni eshitishni xohlashini aniqladi

Olimlar nima sababdan odamlar birinchi bo‘lib yomon xabarni eshitishni xohlashini aniqladi
Foto: Twitter
Kanadalik psixologlar nima sababdan odamlar salbiy xabarni ijobiydan ko‘ra birinchi eshitishni xohlashini aniqladi. Buning uchun mutaxassislar ijtimoiy tarmoqda kichik bir tajriba o‘tkazdi, deb [leech=https://zamin.uz/index.php?do=go&url=aHR0cHM6Ly9kYXJ5by51ei9rLzIwMjAvMDYvMDYvb2xpbWxhci1uaW1hLXNhYmFiZGFuLW9kYW1sYXItYmlyaW5jaGktYm9saWIteW9tb24teGFiYXJuaS1lc2hpdGlzaG5pLXhvaGxhc2hpbmktYW5pcWxhZGkv]xabar beradi[/leech] Wiley Online Library.

Shunday qilib, Facebook’da nafaqaga chiqish borasidagi havolalar joylashtirilgan ikkita post e’lon qilingan.
Materiallarning birida foydalanuvchilardan pensiya ustamalari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishni istash yoki istamasligi so‘ralgan bo‘lsa, ikkinchisiga «Kelajakda oladigan pensiyangizdan tashvishlanasizmi?» degan savol qo‘yilgan.

Tajriba yakunlangach, psixologlar havolalar orqali materiallarga necha kishi o‘tganini taqqoslab ko‘rdi. Ma’lum bo‘lishicha, ikkinchi material birinchiga qaraganda 43 foizga ommalashgan.

Tadqiqot mualliflaridan biri Devid Xardistining ta’kidlashicha, odamlar salbiy ma’lumotni odatda o‘ylagandan ko‘ra kamroq o‘ziga qabul qiladi. Gap shundaki, kutish jarayonining o‘zi salbiy hissiyotlarni chuqurlashtirib yuboradi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, ko‘p hollarda ijobiy tajriba olish xohishi salbiy holatga intilish va uni tezroq unutishdan ko‘ra kuchliroq. Biroq gap tez va muqarrar yo‘qotish yoki zarar haqida ketganda ko‘pchilik buni cho‘zishni istamaydi, aksincha, bu tezroq ortda qolishini xohlaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar nima sababdan odamlar birinchi bo‘lib yomon xabarni eshitishni xohlashini aniqladi