date

Tramp: Erdo‘g‘on kuchli armiyaga ega buyuk rahbar

Tramp: Erdo‘g‘on kuchli armiyaga ega buyuk rahbar

AQSH prezidenti Donald Tramp Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni yuqori baholab, uni “juda kuchli armiyaga ega buyuk lider” deb atadi.

Bu fikrlar Oq uyning rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalari orqali namoyish etilgan jurnalistlar bilan suhbat davomida aytilgan.

Tramp Suriyadagi vaziyat haqida gapirar ekan, Turkiyaning mintaqa bo‘yicha ta’sirini alohida ta’kidladi:

“Prezident Erdo‘g‘on buyuk rahbar, u Suriyadagi voqealarga katta ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi AQSH yetakchisi.

Shu bilan birga, Tramp Vashington Suriyadagi jarayonlarda Anqaraning faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Suhbat davomida u o‘z prezidentlik faoliyati davomida “sakkizta urushni tugatganini va yaqin orada to‘qqizinchisini ham yakunlashini” ham qayd etdi.

Trampning bu bayonoti xalqaro maydonda Turkiyaning harbiy salohiyati va Erdo‘g‘onning ta’sirini yana bir bor namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: Erdo‘g‘on kuchli armiyaga ega buyuk rahbar