11:46 / 19.06.2020
2 555

Respublikada eng kambag‘al xonadonlar soni ma’lum qilindi

Respublikada eng kambag‘al xonadonlar soni ma’lum qilindi
Ayni damda Oliy Majlis Senatining 5-yalpi majlisi videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilmoqda. Yalpi majlisda 16ta masala, shu jumladan, 9ta qonun muhokamasi o‘tkazilishi kutilmoqda.

Yalpi majlisda ma’lum qilinishicha, bugungi kunda kam ta’minlangan, ehtiyojmand aholi ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, respublika bo‘yicha 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini, ya’ni 4,1 foizi (bu hozirgacha ro‘yxatga olinganlar) eng ehtiyojmand hisoblanadi Ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amaliy ishlar ko‘rilmoqda. Ushbu xonadonlar ro‘yxatlari mahalliy kengashlar qarorlari bilan tasdiqlangan.

«Bu son ko‘proq bo‘lishi ham mumkin. Bular faqat dastlabki olingan ma’lumotlar bo‘lib, eng kambag‘allik darajasida yashayotgan xonadonlar bilan ish olib borilmoqda.

Shu yilning o‘zida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yangidan yaratish va bu borada ishlarni izchillik bilan samarali olib borish bo‘yicha vazifa qo‘yilgan edi. Pandemiya sababli bu ishlar tezlashib ketdi
», deya Norboyevaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Respublikada eng kambag‘al xonadonlar soni ma’lum qilindi