06:00 / 15.07.2020
3 601

Qing‘ir rejaning qiyig‘i chiqdi

Qing‘ir rejaning qiyig‘i chiqdi
Sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarini yurtimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Sirdaryo chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro Sh.J. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi postdagi inspeksion ko‘rik majmuasi yordamida bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida avtotransport vositasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan va bojxonachilarning og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan umumiy qiymati 1 milliard so‘mlik 12 977 dona parfyumeriya vositalari va 18 581 dona avtomobil ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qing‘ir rejaning qiyig‘i chiqdi