21:10 / 18.07.2020
12 148

O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova oilaviy koronavirusga chalindi

O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova oilaviy koronavirusga chalindi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova hamda uning oila a’zolari koronavirusga chalindi. Buni aktrisaning qizi Zebuniso Xoliqova «Daryo» muxbiriga ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, oilaviy koronavirus infeksiyasini yuqtirib olishgani rost.
«Koronavirus dastlab opamda aniqlandi. Keyin oilaviy test topshirdik. Natijada dadam, onam, men va jiyanimda ham koronavirus mavjudligi isbotlandi. To‘qqiz kundirki, onam va opam Zangiota tumanida qurilgan yangi maxsus shifoxonada, qolganlar esa uyda davolanyapti», — degan Zebuniso Xoliqova.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rejissyor Sarvar Karimovda oilaviy kovid aniqlanib, shifoxonaga joylashtirilgani xabar qilingandi. Bir kun avval rejissyor otasi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qilgandi.

Avvalroq esa Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolovning hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ham koronavirusga chalingani rasman xabar qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova oilaviy koronavirusga chalindi