22:00 / 26.07.2020
2 636

TDTUning Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

TDTUning Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi
Foto: Dreamstime
Bosh prokuratura matbuot xizmati mahkama huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan so‘nggi kunlarda aniqlangan jinoyatlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali o‘quv bo‘limi xodimi A.O. fuqaro S.R.ni yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir jarayonida A.O. qilgan ishidan pushaymonlik bildirib, jinoyatni fosh etishda faol yordam ko‘rsatishi haqidagi murojaatiga asosan tezkor tadbir davom ettirilganda, filial o‘quv bo‘limi assistenti J.D. fuqaro S.R.ni o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan universitet xodimi A.O. va assistenti J.D.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tezkor tadbirlar Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyatida 500 ming so‘m pora talab qilgan Transport boshqarmasi inspektori ushlandi
Farg‘ona viloyat transport boshqarmasi inspektori M.A. fuqaro S.R. boshqaruvidagi avtomashinani to‘xtatib, karantin qoidalariga rioya qilmagani uchun viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markaziga olib bormaslik va qonuniy chora ko‘rmaslik evaziga fuqaro F.S. orqali 500 ming so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan boshqarma inspektor M.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi «a, g» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tezkor tadbir Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Bandixon tumanida 69 sotix yerni pullagan firibgarlar ushlandi
Surxondaryo viloyatida yangi tashkil etilgan Bandixon tumanida «B.D.Sh» fermer xo‘jaligi rahbari B.E. fuqaro O‘.Q. bilan oldindan til biriktirib, fermer xo‘jaligiga qarashli 69 sotix yer maydonini tuman Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri sobiq mutaxassisi I.N. orqali fuqaro B.A.ga tomorqa sifatida rasmiylashtirib berish evaziga olgan 1 500 AQSH dollari va 71 mln so‘m mablag‘ hisobidan 7,1 mln so‘mini ixtiyoriy ravishda qaytarayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Holat yuzasidan «B.D.Sh» fermer xo‘jaligi rahbari B.E. fuqaro O‘.Q. va sobiq mutaxassis I.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi
3-qismi «a, v» bandlari va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tergovga qadar tekshiruv Departamentning Bandixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » TDTUning Termiz filialiga o‘qishga kiritib qo‘yish uchun 5 ming dollar olgan shaxs ushlandi