10:43 / 31.07.2020
3 138

«Odnoklassniki»da 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni «shantaj» qilgan "qiz" qo‘lga tushdi

«Odnoklassniki»da 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni «shantaj» qilgan "qiz" qo‘lga tushdi
Tergov departamenti ijtimoiy tarmoqda bir yigit bilan qiz bola nomidan tanishib, uning suratlarini tarqatishini aytib 5 million so‘m talab qilgan firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 9 iyul kuni 26 yoshli M.E. «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zini Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi «Shoxista» ismli qiz sifatida tanishtirgan profil egasi bilan tanishgan.

M.E. unga rasmlarini yuborganidan so‘ng, qiz 5 million so‘mni bank orqali u aytgan plastik karta hisobiga tashlab bermasa, internet tarmog‘ida yigitni sharmanda qilishini aytib «shantaj» qilgan.

Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘idagi mazkur profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X. ekanli aniqlangan. F.X. «o‘ljasi»dan talab qilingan pulning ma’lum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

«Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda», – deyiladi departament xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Odnoklassniki»da 26 yoshli yigit bilan tanishib, uni «shantaj» qilgan "qiz" qo‘lga tushdi