23:30 / 13.08.2020
2 992

Yuk avtotransport vositalarining bojxona to‘lovlarisiz olib kirish uchun qo‘llangan nayranglar naf bermadi

Yuk avtotransport vositalarining bojxona to‘lovlarisiz olib kirish uchun qo‘llangan nayranglar naf bermadi
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 6 martdagi “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4230-son qaroriga binoan 2022 yil 1 yanvarga qadar ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshmagan, yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalari qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan.

Respublikamiz bojxonachilari tomonidan aniqlangan navbatdagi holatlarda esa mazkur imtiyozni suiste’mol qilishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida fuqaro Nurtayev nomiga xorijdan keltirilgan “KIA BONGO III” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtotransport vositasining muzlatgichli yukxonasi eski va umuman ishlamasligi, yoqilg‘i quyish baki yangi o‘rnatilganligi, dvigatel va yoqilg‘i baki bir-biriga umuman ulanmaganligi, hujjatlarda avtotransport dizelda harakatlanishishi ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, undagi dvigatel benzin va gazda harakatlanishi aniqlandi.

Bojxona ko‘rigi davomida ma’lum bo‘lishicha. Fuqaro Nurtayev bojxona organlariga noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish orqali salkam 230 mln. so‘mlik bojxona imtiyozlaridan foydalanishni ko‘zlagan ekan.

Mazkur holat yuzasidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, avtotransport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.
Shu kabi holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan ham fosh etildi.

“To‘rtko‘l” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tumandagi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga keltirilgan 3 ta “Howo” rusumli yuk avtotransport vositalari ekspert-kriminalistika tekshiruvlaridan o‘tkazilganida, ushbu yuk mashinalari hujjatlarda ko‘rsatilganidek, 2019 yilda emas, balki 2014-2015 yillarda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa o‘rtacha bozor narxi 1 mlrd. 345 mln. so‘mni tashkil qiluvchi mazkur transport vositalarini bojxona to‘lovlarisiz olib kirishga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi hamda ularga nisbatan salkam 650 mln. so‘mlik bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Holat yuzasidan fuqarorlar Narbayev va Allabergenovlarga nisbatan protsessual hujjatlar rasmiylashtirildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlangan nabatdagi “uddaburonlik” ham shu mavzuga doir.

Xorijdan olib kelingan “HYUNDAI PORTER II” avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida “uddaburon tadbirkor” 324,3 million so‘mlik bojxona imtiyozlariga ega bo‘lish uchun ancha “ter to‘kkani” aniqlandi.

Hujjatlarda muzlatgichli yukxonaga ega transport vositasi sifatida qayd etilgan mazkur avtomashinaning refrijerator eshiklari aslida singan va eski holatda ekanligi, ustki qoplamalari zanglaganligi hamda muzlatgich motori ham eski ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu avtotransport vositasi ham qonuniy qaror qabul qilingunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirgi kunda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuk avtotransport vositalarining bojxona to‘lovlarisiz olib kirish uchun qo‘llangan nayranglar naf bermadi