O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarining 1-sinfiga 18 avgustga qadar 578 710 nafar o‘quvchining hujjati qabul qilindi. Xalq ta’limi vazirligining xabariga ko‘ra, bu 2020/2021-o‘quv yili uchun qabul rejasining 90 foizidir.
Shundan xalq ta’limi tizimidagi maktablarga 577 304 nafar bola, boshqa vazirlik tasarrufidagi maktablarga 103 nafar va 1303 nafari nodavlat maktablarga qabul qilingan. O‘quvchilarning aksariyati — 96,4 foizi o‘z mikrohududidan qabul qilingan (558 140 nafar bola).
Qayd etilishicha, 2020/2021-o‘quv yili yilida Xalq ta’limi vazirligi 650 116 nafar o‘quvchini qabul qilishni rejalashtirgan. Qabul jarayoni 25 avgustga qadar davom etadi.
Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida ilk marotaba 1-sinfga boradigan o‘quvchilarning hujjat topshirish jarayoni «qabul.maktab.uz» orqali onlayn navbat asosida amalga oshirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi