22:30 / 24.08.2020
3 218

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus asoratlaridan vafot etgan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolov qabrini ziyorat qilish chog‘ida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi. Prezident O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbari Usmonxon Alimov va boshqa diniy ulamolardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni odamlarga tushuntirishni so‘radi.

«Hamma mo‘min-musulmonlarga iltimos qilishimiz kerak. O‘zini asrash-avaylash. Har bir inson o‘ziga qarasa, eson-omon o‘tib ketamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Ko‘ryapsiz-ku, JSST ikki yil deyapti (pandemiya davomiyligi — tahr). Ikki yil degani, biz o‘rganishimiz kerak shunga. Yig‘ilmaslik kerak. Tug‘ilgan kun, to‘ylar, hammasi bo‘ladi, Xudo xohlasa. Mustaqillikni ham uyda o‘tkazamiz, boshqa iloj yo‘q.

Maktablarni ochishimiz kerak. Qanday ochamiz? Nevaralarimiz bor, bolamiz bor. Qanday ularni jo‘natamiz?
», — dedi Prezident.
Davlat rahbari odamlarga bolalarini, katta yoshli yaqinlarni ehtiyot qilishi kerakligini yetkazish zarurligini ta’kidladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan mo‘min-musulmonlarga murojaat qilish kerakligini aytdi