13:52 / 25.08.2020
5 411

Maktablar ochiladigan sana ma’lum qilindi

Maktablar ochiladigan sana ma’lum qilindi
Bugun bosh vazir A.Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor o‘tkazildi, deb yozmoqda bloger Isroil Tillaboyev.
Ushbu videoselektorda quyidagi topshiriqlar berildi:
- 7 sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;
- 14 sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;
- Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «Sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni, xonama-xona ko‘chib yurmaydi.

Barcha hududiy viloyat hokimliklari tomonidan 10 sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillashtiriladi). Izoh: Avvalgi postimda yozganimdek, o‘qituvchilardan pul yig‘ilmaydi.

Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi.
Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi.

Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi.
Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq-ovqatlari, albatta, «SЕS» nazorati ostida bo‘ladi.

Isroil Tillaboyev

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Maktablar ochiladigan sana ma’lum qilindi