07:00 / 08.09.2020
2 358

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga qo‘shimcha kiritilmoqda

«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga qo‘shimcha kiritilmoqda
«Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga qo‘shimcha kiritilishi mumkin. Bu boradagi tegishli qonun loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga muvofiq, «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksning 139 moddasini quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi va melioratsiya texnikalarining yagona davlat reyestriga kiritilmagan, belgilangan tartibda sinovdan o‘tmagan texnikalarni yetkazib berish va foydalanish, mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 yanvarga qadar ishlab chiqarilgan va import qilingan texnikalar bundan mustasno.
Qonun loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 20 sentabriga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga qo‘shimcha kiritilmoqda