23:36 / 24.09.2020
3 020

1,5 milliard so‘mlik avtotransport vositasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan “uddaburon” qo‘lga tushdi

1,5 milliard so‘mlik avtotransport vositasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan “uddaburon” qo‘lga tushdi
Bojxona organlari tomonidan tovar va transport vositalarining mamlakatimizga noqonuniy olib kirilishiga qarshi kurash tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

Xususan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan postga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro A.D. boshqaruvidagi “Avtokran” avtotransport vositasi, haydovchi tomonidan taqdim etilgan transport hujjatlari asosida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu avtotrnasport vositasi muqaddam O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilib, bojxona to‘lovlarini to‘lash imkoni yo‘qligi sababli “Reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, O‘zbekistondan Qirg‘izistonga qayta olib chiqib ketilganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur avtotransport vositasini boshqa transport vositasiga tegishli bo‘lgan transport vositasini qayd etish guvohnomasi va davlat raqami asosida olib kirishga bo‘lgan noqonuniy urinish fosh etilib, qiymati 1,5 milliard so‘mlik transport vositasi vaqtincha saqlovga olindi.
Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1,5 milliard so‘mlik avtotransport vositasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan “uddaburon” qo‘lga tushdi