13:30 / 10.10.2020
2 004

Samarqandda Malibu’sini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 400 dollar taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi

Samarqandda Malibu’sini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 400 dollar taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ichki ishlar organi xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga tushdi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra qo‘shrabotlik 20 yoshli N. tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan holat yuzasidan jarima maydonchasiga joylashtirilgan Malibu’sini jarima maydonchasidan chiqarib berish evaziga ichki ishlar xodimiga 400 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan.

Qayd etilishicha, 2020 yil 5 oktabr kuni IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi va Qo‘shrabot tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N. IIB xodimiga 400 dollarni pora sifatida berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda Malibu’sini jarima maydonchasidan chiqarib berish uchun IIB xodimiga 400 dollar taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi