22:05 / 13.10.2020
2 313

Navoiyda mahkumlar jazodan ozod qilindi

Navoiyda mahkumlar jazodan ozod qilindi
Bugungi kunda sudlar tomonidan, ozodlikni cheklash, axloq tuzatish ishlari va boshqa jazolarni o‘tayotgan, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik prinsipiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish va jazoni yengilroq turdagi jazoga almashtirib, bu toifadagi ishlarni o‘z vaqtida, qonuniy va adolatli ko‘rilayotgani ahamiyatli hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi, jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.

Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Navbahor tuman sudida 2020 yil 13 oktabr kuni o‘tkazilgan sud majlisida, 4 nafar mahkumlarga nisbatan Navbahor tuman IIO Probatsiya guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 73-moddasi tartibida kiritilgan taqdimnomalar ko‘rib chiqildi.

Insonparvarlik prinsipiga asoslanib, 4 nafar mahkumlar tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosining o‘talmagan qismini o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Oddiy so‘z bilan aytganda, ularga hayotda o‘z o‘rnini topib ketishlariga yana bir bor imkoniyat berildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining
devonxona mudiri
B.Farmonov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda mahkumlar jazodan ozod qilindi