20:09 / 06.11.2020
2 387

Prezident: «Aholi davlat tizimida ko‘rsatilgan xizmatlarning 43 foizi uchun pul to‘lamoqda»

Prezident: «Aholi davlat tizimida ko‘rsatilgan xizmatlarning 43 foizi uchun pul to‘lamoqda»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Kun.uz nashri xabar berishicha, yig‘ilishda prezident joylarda fuqarolar tibbiyot muassasalaridagi qaysi xizmat bepul va qaysisi pulli ekani borasida ma’lumotga ega emasligi haqida gapirgan.

«Fuqarolardan tizimga tushayotgan eng ko‘p e’tirozlar ham shundan bo‘lmoqda. Ular bilmaydi, qaysi xizmat pulli, qaysi biri bepul ekanligini. Bizdagi aniq ma’lumotlarga ko‘ra, fuqarolar davlat tizimida ko‘rsatilgan 43 foiz xizmatlar uchun pul to‘lagan. Xo‘sh, bizda o‘zi tibbiyot pullimi yoki bepulmi?», – deya mas’ullarga savol bilan murojaat qilgan prezident.

Davlat rahbari shulardan kelib chiqqan holda, endilikda sog‘liqni saqlash tizimi holatini o‘rganib chiqish uchun 2ta ishchi guruhi tashkil etilishini ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, yangi ish tizimiga muvofiq, respublika hududlari bo‘yicha 2ta ishchi guruhi tashkil qilinadi.
«Vazir Abdurasul Hojiboyev rahbarligidagi 1-guruh – vodiy viloyatlari, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahriga;
Vazirning birinchi o‘rinbosari Amrillo Inoyatov rahbarligidagi 2-guruh – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlariga biriktiriladi.

Ishchi guruhlar ikki oy muddatda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmatni tashkil etish tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqishi lozim
», deydi prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Aholi davlat tizimida ko‘rsatilgan xizmatlarning 43 foizi uchun pul to‘lamoqda»