12:46 / 07.12.2020
2 640

Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi

Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi
Samarqandda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 29 noyabr kuni soat 21:00 da Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda 23 yoshli Abbos K. Urgut tumani «Mirzabog‘lon-Chep» mahallasida tadbir ishtirokchisi sifatida jalb qilingan fuqaroga o‘tkir hidli geroin giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddani 3 million so‘m va 300 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Tezkor tadbir davomida Abbos K. giyohvandlik vositasini 2020 yilning 29 noyabr kuni soat 20:30 da mahalladoshi 28 yoshli Abdullo O.dan sotib olgani hamda tadbir ishtirokchisi bergan 3 million so‘m va 300 AQSh dollarini Abdullo O.ga bergani aniqlangani sababli Abdullo O. shaxsiy tintuv qilingan. Undan tadbirda ishlatilgan 300 AQSh dollari va 3 million so‘m pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertiza xulosasida Abbos K.dan olingan modda tarkibida giyohvand modda – diatsetilmorfin mavjudligi, bu geroin giyohvandlik vositasi turiga kirishi, uning sof og‘irligi 4,27 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Abbos K. va Abdullo O.ga nisbatan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida Abbos K. va Abdullo O.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda deyarli 600 dollarga giyohvand modda sotgan ikki yigit hibsga olindi