14:55 / 31.12.2020
2 099

O‘zbekiston barcha misrliklar uchun qalban yaqin davlatdir - Misr yozuvchilar uyushmasi a’zosi

O‘zbekiston barcha misrliklar uchun qalban yaqin davlatdir - Misr yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Kirib kelayotgan yangi 2021 yil munosabati bilan Misr yozuvchilar uyushmasi a’zosi Abdurrahmon al-Xamisi yurtdoshlarimizga bayram tabrigi yo‘lladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA.

— O‘zbekiston rahbariyati va ko‘pmillatli xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy qutlayman. O‘zbekiston bizdan olisda bo‘lsa-da, barcha misrliklar uchun u qalban yaqin davlatdir. Yangi yil qadrdon xalqlarimizga baxt, omad va iliqlik olib kelsin.

Ostonada turgan 2021 yil O‘zbekiston uchun iqtisodiy taraqqiyot, ulkan loyihalar va ularni amalga oshirish yili bo‘lsin, o‘zbek xalqiga tinchlik va farovonlik olib kelsin.

Samimiy tilagim – O‘zbekiston oldiga qo‘ygan barcha ezgu maqsadlariga erishsin! Eng muhimi, har birimiz yangi yilda baxtli bo‘laylik. Zero, baxt, avvalo, sog‘liq-salomatlik, muhabbat va muvaffaqiyat demakdir. Tan-sihatlik va baxt-saodat barchangizga hamisha yor bo‘lsin!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston barcha misrliklar uchun qalban yaqin davlatdir - Misr yozuvchilar uyushmasi a’zosi