O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 4 yanvardan qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqan.
Davlat rahbarining ta’tili O‘zbekiston hududida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev prezident lavozimida qariyb 4 yillik faoliyati davrida ikkinchi marta rasman mehnat ta’tiliga chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor 2019 yil avgust oyi boshida qisqa muddatli mehnat ta’tiliga chiqqandi.
Qayd etib o‘tish joizki, O‘zbekiston prezidentining ta’tilga chiqayotgani haqidagi xabar matbuotda e’lon qilinmasdi. Faqatgina so‘nggi yillarda bu, xuddi rivojlangan davlatlardagi kabi, odatiy amaliyotga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi