Joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida ochiq muz maydoni ishga tushirilmoqda.
«Ochiq osmon ostidagi shahar muz maydoni» loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Art Uz Promotion Agency tomonidan poytaxt hokimligi qo‘llab-quvvatlashi ostida o‘tkazilmoqda. Maqsad – aholi orasida sog‘lom turmush tarzi hamda sportni keng targ‘ib qilish.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov mas’ullar bilan muz maydonida bo‘lib, loyiha ochilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Shahar markazidagi muz maydoni bir oy muddatga o‘rnatiladi. Bu vaqt mobaynida ochiq osmon ostidagi muz maydonida qator madaniy-ko‘ngilochar va sport tadbirlari o‘tkaziladi. Konsert zonasida Dance Music Fest Winter, Iosis Fest, Tashkent Rap Festival musiqiy festivallari, shuningdek, xokkey bo‘yicha o‘smirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
2021 yilning 7 yanvar kuni shahar muz maydoni ochilishi doirasida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo‘yicha olimpiya chempioni Aleksey Yagudin o‘zining «Qish» dasturi bilan ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashkilotchilar tomonidan fudkort zona xizmati yo‘lga qo‘yilib, unda poytaxtning tez ovqatlanish, qandolatchilik va qahva brendlari faoliyat yuritadi. Maydon oldida chang‘i va boshqa uchish aksessuarlari ijarasi punkti xizmati yo‘lga qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Chorsu bozori atrofida “ochiq osmon ostidagi muzey” barpo etiladi

Behzod Musayev bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekiston hukumati tuzilmasida o‘zgarish kutilyapti, yangi lavozim joriy etiladi

O‘zbekistonda ochiq osmon ostida yana bir muzey paydo bo‘ldi. U qayerda?

Toshkentdagi qaysi ko‘chalarda 10 yanvargacha transport vositalari harakati to‘xtatildi?

Toshkentda yana bir katta muz maydoni ochiladi