23:02 / 07.01.2021
2 204

«Lasetti» «Makro» supermarketini qanday «ishg‘ol qilgani» aniqlandi

«Lasetti» «Makro» supermarketini qanday «ishg‘ol qilgani» aniqlandi
Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Bugun, 7 yanvar kuni soat 13:50 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Gyote-5 ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi J.Sh. «Lasetti»ni «Makro» supermarketi yaqiniga to‘xtatib, kalit va farzandini qarovsiz qoldirib o‘zi supermarket ichiga kirib ketgan. Avtomobilda bo‘lgan 8 yoshli farzandi kalitni burab yuborishi oqibatida avtomobil harakatga kelgan va supermarket oynasini sindirib, ichkariga kirib to‘xtagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan o‘t oldirgich kalitni va voyaga yetmagan farzandlarini avtomobilda qarovsiz qoldirmasliklari so‘raladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Lasetti» «Makro» supermarketini qanday «ishg‘ol qilgani» aniqlandi