14:43 / 06.02.2021
1 804

Imtiyozdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Imtiyozdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
Bojxona organlari tomonidan turli nayranglarni qo‘llagan holda tovar va transport vositalarini yurtimiz hududiga olib kirishga bo‘lgan urinishlar muntazam ravishda fosh etib kelinmoqda.

Xususan, “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xorijdan mamlakatimizda faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyat nomiga keltirilgan keltirilgan 2 dona maxsus transport vositalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Bojxona ko‘rigidan o‘tkazish mobaynida bojxona xodimlarida mazkur transport vositalarini maxsus transport vositalari ekanligiga shubha tug‘ilganligi sababli ekspertizadan o‘tkazildi.

Natijada, qiymati 2 mlrd so‘mni tashkil etuvchi mazkur avtotransport vositalarining TIF TN kodlari noto‘g‘ri tasniflanganligi, ishlab chiqarilishdagi yillari bir biridan farq qilganligi va konstruksiyasi bo‘yicha bir birining texnik tarkibi xisoblanmagan avtomobil va burg‘ulash uskunasi jamlanmasidan iborat ekanligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat byudjetiga 1 mlrd 534 mln so‘m miqdorda bojxona to‘lovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Imtiyozdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi