«Bunyodkor» futbol klubi stadioni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev tomonidan moliyalashtiriladi, deya xabar qilmoqda «Championat.asia». Ayni vaqtda «Bunyodkor» stadioni o‘z xarajatlarini qoplay olmaydi. Shu sabab o‘yingoh Jahongir Ortiqxo‘jayev otalig‘iga o‘tadi.
Ta’kidlanishicha, dastlabki bosqichda arenani ushlab turish yangi homiy zimmasiga yuklanadi. Keyinchalik stadion faqat futbol o‘yinlaridan emas, balki, turli ko‘ngilochar tadbirlardan ham daromad topadigan bo‘ladi.
2018 yilning yozida «Bunyodkor» stadioni nomi «Milliy»ga o‘zgartirilgan va uning boshqaruvi O‘FAga o‘tgandi. Unda O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoalarining uy o‘yinlari o‘tkazilishi, shuningdek, mahalliy klublar ishtirokidagi hal qiluvchi o‘yinlarni qabul qiladigan arenaga aylanishi belgilangandi. Biroq stadion tashkil topganidan beri maysa bilan bog‘liq muammolarga duch keladi, shu sabab so‘nggi vaqtlarda terma jamoa ishtirokidagi o‘yinlar asosan «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, «Bunyodkor» stadioni 34 ming tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, u 2012 yil avgustda foydalanishga topshirilgan (qurilish ishlari 2009 yilda boshlangan edi). Stadionning ochilish marosimi 2012 yil 28 sentabrda bo‘lib o‘tgan.
«Bunyodkor» stadionidagi ilk rasmiy o‘yin esa 2013 yil 26 martda O‘zbekiston hamda Livan terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi

«Paxtakor» stadioni buzilib, yangisi quriladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Mening mingta ko‘zim yo‘q»

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev qancha maosh olishini aytdi

Jahongir Ortiqxoʻjayev senator etib saylandi

20 dekabr kuni mudofaa vazirligi «Bunyodkor» stadioni yaqinida harbiy texnika namoyishini o‘tkazadi