20:28 / 03.03.2021
2 430

Obod mahalla - ostonadan boshlanadi

Obod mahalla - ostonadan boshlanadi
Majburiy ijro byurosi Buxoro viloyat boshqarmasi organlari “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Byuroning Buxoro viloyat boshqarmasi boshlig‘i A.Qilichev 2021 yilning 26 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida boshqarma organlarida xizmat qilayotgan 308 nafar xodimlarga dam olish kunlarida xonadonda, ko‘chada va mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar bergan edi.

Har bir mahallada xodimlarning o‘zlari yashab turgan xonadon, ko‘cha va mahalla hududini obodonlashtirish, xonadonlarda yuksak sanitariya madaniyatini qaror toptirishda o‘zaro birlashib, ahil-inoqlik bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ayni kunda ishchi-xodimlar ko‘cha bo‘ylariga ekilgan dov-daraxtlarga shakl berish, oqlash, mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, bezatish, so‘lim gulzorlar barpo etish ishlarini bajarishda faollik ko‘rsatishayotganini guvohi bo‘lamiz.

- Nafaqat ushbu ko‘cha obodligiga, balki mahallamizning har bir ko‘chasi hamda xonadonlarda bu kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda, - deydi kasaba uyushma raisi Anvar Salimov.

Darvoqe, uy ham, ko‘cha ham o‘zimizniki, uning tozaligi va obodligi esa ona Vatanimiz go‘zalligiga go‘zallik qo‘shadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Obod mahalla - ostonadan boshlanadi