Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Joriy yilning iyun oyi oxirigacha Toshkent-Andijon pullik yo‘l qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy ishlari yakunlanadi. Bu haqda Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilgan panel sessiyasida Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev ma’lum qildi.
«Iyun oyi oxirigacha biz texnik-iqtisodiy ishlarni tugatamiz. Yangi pulli yo‘l Toshkent va boshqa hududlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lashga yordam beradi. Loyihaning umumiy uzunligi 314 km bo‘lib, uning qiymati 4,65 milliard dollarni tashkil qiladi», - deydi Jasurbek Choriyev.
Bundan tashqari, uzoq yillardan beri asosiy maqsadlardan biriga aylangan transafg‘on temiryo‘li haqida ham ma’lumot berildi.
«Loyiha uchta davlatni bir-biriga bog‘lashga yordam beradi — O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston. Temiryo‘l Yevrosiyo transport yo‘lagini yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Natijada Markaziy Osiyo mamlakatlari Hind okeani portiga chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Temiryo‘l tovarlar yetkazib berish muddatini 35 kundan 5 kungacha qisqartiradi. Tovarlarni yetkazib berish narxi esa kamida 40 foizga pasayadi. Loyiha 2027 yil oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda.
Yana bir muhim loyiha bu albatta Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li qurilishidir. Bu nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo rivojlanishida katta rol o‘ynovchi temiryo‘l bo‘ladi. Loyihaning asosiy kelishuvlari allaqachon hal qilingan bo‘lib, uning qiymati taxminan 5,1 milliard dollarni tashkil qilsa, uzunligi hozirgacha 454 km bo‘lishi kutilmoqda», — deya ta’kidlagan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi