19:26 / 12.03.2021
2 405

Endi qishloqlarda quriladigan «dom»lar balandligi 5 qavatdan, shaharlarda esa 9 qavatdan past bo‘lmaydi

Endi qishloqlarda quriladigan «dom»lar balandligi 5 qavatdan, shaharlarda esa 9 qavatdan past bo‘lmaydi
O‘zbekiston Prezidentining 11 martdagi tegishli farmoni bilan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etildi. Bu haqda Telegram’dagi «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, 2021 yilda respublika bo‘yicha jami 33 114 ta kvartira va yakka tartibdagi uy-joylar quriladi, shuningdek, qishloq joylarda 8336 ta kvartira hamda fuqarolarning alohida toifalari uchun 3550 ta kvartiradan iborat ko‘p qavatli uy-joylar quriladi.

Shuningdek, 2021 yil uchun uy-joylarning hisoblangan qiymati, bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka krediti va dastlabki badalning bir qismi uchun Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiyalarning eng ko‘p miqdori tasdiqlangan.

Bundan tashqari, uy-joylar narxini pasaytirish maqsadida 1 apreldan ko‘p kvartirali uy-joylar qishloq joylarda 5 va undan yuqori qavatli, shaharlarda 9 va undan yuqori qavatli, monolit temir-beton va yirik panelli konstruksiyalar hamda boshqa qurilish materiallari asosida massiv shaklida qurishi lozim.

Shu bilan birga, uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun mo‘ljallangan sement hamda metall prokati bo‘yicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi, 2021 yil 1 oktabrgacha sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi. 2021 yil 1 maygacha yakka tartibdagi uy-joylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilib, Qurilish vazirligi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Hujjat bilan jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kreditlarni ajratish tartibi barcha hududlarda joriy etilgan (ilgari Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida joriy etilgan edi).

Bunda:
  • kreditlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va har bir viloyatda 500 ta, jami 6500 ta yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratiladi;
  • kreditlar ipoteka kreditining eng ko‘p miqdorlaridan oshmaydigan va dastlabki badali yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda, 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil (yigirmanchi yilni ham qo‘shgan holda) muddatga ajratiladi;
  • daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joylarga ajratilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha dastlabki 5 yil mobaynida foiz stavkasining 10 foizlik punktdan oshgan qismini qoplash uchun Davlat budjetidan subsidiyalar ajratiladi;
  • subsidiyalar qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan oyning keyingi oyidan boshlab to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 mart kuni uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Unda davlat rahbari «2021 yilda 54 ming oilani uy-joy bilan ta’minlashimiz zarur», deb ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi qishloqlarda quriladigan «dom»lar balandligi 5 qavatdan, shaharlarda esa 9 qavatdan past bo‘lmaydi