Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021 yilning 31 mart kuni soat 23:00 larda noma’lum shaxs Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasi 25-uy oldida turgan 26 yoshli Davron T.ga tegishli «Nexia» rusumli avtomashinasining eshiklari ochiqligidan hamda avtomashinaning o‘t oldirish kaliti o‘zidaligidan foydalanib, mazkur transport vositasini olib qochgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shu kunning o‘zida «102»ga xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida avtomashina Shota-Rustaveli ko‘chasida topilib, ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesida yashovchi 34 yoshli Dmitriy B. mast holatda sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va avtomashina texnik soz holatda jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Hozirda Dmitriy B.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi