Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va China CAMC Engineering kompaniyasi raisi Van Bo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda chiqindilarni yoqish elektr stansiyasi loyihasi bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistondagi chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni o‘rganish va tashkil etish hamda respublika rahbariyatiga taqdim etish uchun zavodning dastlabki loyihasini ishlab chiqish maqsadida Xitoydan ekspert guruhini yuborish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
Bundan tashqari, ekoturizm sohasida hamkorlik qilish va Samarqand viloyatining tog‘li hududlarida yangi kanat yo‘lini qurish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, tomonlar havo sifati monitoringi va ekologik qoidabuzarliklarga javob berishning onlayn tizimi hamda chiqindilarni yig‘ish va tashish uskunalarini kuzatish tizimi bilan tanishish maqsadida dispetcherlik va onlayn monitoring markazini ko‘zdan kechirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi