15:18 / 16.04.2021
2 379

Prezident O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari sessiyada davlat rahbari Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishi haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Oldimizda turgan vazifalarni hal qilish uchun mahallabay ishlash tizimini tubdan yangilash bo‘yicha yangi takliflarni ma’qulladim. Yangi tizimda, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari strukturasida, Mahallabay ishlash markazi tashkil etiladi va markazda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kecha-yu kunduz ishlaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, inspektorlar mahallabay ishlash bo‘yicha «Samarqand tajribasi»da, har bir mahalladagi iqtisodiy kompleksning ko‘makchisi bo‘ladi. Ular endi budjetdan oylik olib, mahallada ish joyi tashkil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi.

Mas’ul vazirlik rahbarlari mahallabay ishlashning yangi tuzilmasini Pastdarg‘om tumanida 2021 yil 1 maydan, viloyatning qolgan barcha tuman va shaharlarida 1 iyuldan bosqichma-bosqich joriy etishni ta’minlasin
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident O‘zbekistonda Mahallabay ishlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi