23:36 / 18.04.2021
2 401

“Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari va ularning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash borasida tizimli asosda ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Beruniy tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro B.G‘ shartli xaridorga oldindan kelishilgan 20 million so‘m pul evaziga 100 ta konvalyutada  jami 999 dona “TRAMADOL Lannaxer 50 mg.” nomli  tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan dori vositalarni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Tramadol”ning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi