10:40 / 05.05.2021
1 661

Namangan va Samarqandda soxta PSR-testlarni sotayotgan shaxslar ushlandi


Foto: IIV matbuot xizmati
Namangan va Samarqand viloyatlarida soxta PSR-test tahlili natijasini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 23 aprel kuni pul evaziga fuqarolarga Davlat chegarasidan o‘tish uchun koronavirus infeksiyasi tahlili natijalari bo‘yicha qalbaki ma’lumotnomalar tayyorlab berayotgan shaxslar faoliyatini fosh etish bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi Transportda XTB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Namangan viloyati SEO va JSBda dezinfeksiya bo‘limi dezinfektori lavozimida ishlovchi, 1979 yilda tug‘ilgan Namangan viloyati Uychi tuman «Oqtosh» mahallasida yashovchi S.A. N.X., D.Sh. va X.Q. ismli fuqarolardan analiz tahlillari olmasdan turib, ularning nomiga rasmiylashtirilgan COVID-19 ma’lumotnomalarini «xolis xaridor» N.X.ga taqdim qilib, undan tadbir uchun ajratilgan 200 ming so‘m pullarni olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan.

Foto: IIV matbuot xizmati
Bundan tashqari, 30 aprel kuni Transportda XTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand xalqaro aeroporti yaqinida bir guruh shaxslar tezkor tadbirga «mijoz» sifatida jalb qilingan S. ismli shaxsga «qisqa muddatda 400 ming so‘mga ekspress tahlil natijasini tayyorlab berishni taklif qilgan.

Olib borilgan tekshiruv harakatlari natijasida ushbu shaxslar «Akmal trans» MCHJda kirakash bo‘lib ishlovchi, Samarqand viloyati Samarqand shahar «Xo‘jaqishloq» mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan A.R. va Samarqand viloyati Samarqand shahar Bulvar dahasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan O.N. ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namangan va Samarqandda soxta PSR-testlarni sotayotgan shaxslar ushlandi