15:15 / 17.05.2021
2 600

«O‘zgidromet»: Haftaning birinchi yarmida harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi


Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududi Eron hududidan keladigan yozgi harorat qiymatlariga xos bo‘lgan juda issiq havo ta’sirida bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aksariyat viloyatlarda quruq, asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat respublikaning tog‘li hududlarida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi.

Kunduz kungi havo harorati 32-35 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 38 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 5-8 darajaga ko‘pdir, biroq bu qiymatlar ushbu kunlar uchun haroratning mutlaq maksimumidan kam. Eng iliq yillarda ushbu muddatlarda kunduzgi havo harorati 38-40 daraja issiqqacha, janubda 40-42 daraja issiqqacha ko‘tarilgan.

Hafta oxiriga kelib, harorat 27-30 daraja issiqqacha pasayadi, bunday holat Qozog‘iston hududlaridan salqin havo kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.

20-21 mayda respublikaning ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” 17-20 may kunlarida respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga sel xavfi haqida ogohlantirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «O‘zgidromet»: Haftaning birinchi yarmida harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi