Foto: Fanlar akademiyasi
Farg‘ona vodiysining shimoliy qismida olib borilgan dala tadqiqotlaridan birida ilmiy ekspeditsiya Qirg‘izistonga chegaradosh hududdan hozirgacha fanga noma’lum bo‘lgan yangi yovvoyi piyoz turini topdi. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.
«O‘zbekiston yovvoyi piyozlarning kelib chiqishi va turlar xilma-xilligi mavjud hudud hisoblanadi. Terilgan gerbariy namunalari laboratoriya sharoitida tahlil qilinganda yangi topilgan o‘simlik turi fan uchun yangilik ekani aniqlandi.
Unga eng yaqin bo‘lgan o‘simlik turi Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari hududlaridagi Baland tog‘ hududida o‘sadigan Allium minitum Vved, ya’ni kichik piyoz nomi bilan kiritilgan o‘simlikdir. O‘xshash belgilari ular gulining tuzilishi va oq rangda bo‘lishi, farqi esa ekologik makoni hisoblanadi», deyiladi akademiya xabarida.
Qayd etilishicha, Allium minitum, ya’ni fanga hozirda ma’lum bo‘lgan tur Alp mintaqasida 3000 metrdan balandlikda uchrasa, yangi topilgan o‘simlik turi adir mintaqasida 1000-1100 metr balandlikda o‘sadi.
«Hozirda mazkur o‘simlik turining guli tuzilishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, mazkur o‘simlikning urug‘i elektron mikroskop orqali o‘rganiladi. Shundan so‘ng Institut olimlari oxirgi xulosani beradi va unga nom qo‘yiladi. O‘rganish natijalari e’lon qilinadi», deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zR FA Botanika instituti O‘zbekiston florasi laboratoriyasi hamda O‘zbekiston Milliy gerbariysining eng ustuvor yo‘nalishi - mamlakat hududida o‘sayotgan o‘simliklar bioxilma-xilligining inventarizatsiyasi va davriy inventarizatsiyasini amalga oshirish, o‘simlik turlarining tarqalishini geoaxborot texnologiyalar vositasida xaritalash va ma’lumotlar bazasini tuzishga qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi