Prezident Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi.
Ushbu 9 qavatli uylarda 208 ta xonadon bor. Bino fasadi uch qoplamadan iborat bo‘lib, uylar qishda issiq, yozda salqin bo‘ladi. Har bir xonadon alohida isitish qozoni bilan jihozlangan. Birinchi qavatda savdo va servis shoxobchalari joylashgan.Uylarga xizmat ko‘rsatish uchun boshqaruv kompaniyasi tashkil etilgan. U yerda elektr, gaz, lift va santexnika ustalari navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, kompaniya huzurida o‘quv markazi ham bo‘lib, yoshlar ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatadigan ishchi kasblarni o‘rganishi mumkin.
Bu yerga ilk oilalar ko‘chib kela boshladi. Ularning ayrimlari xonadonlarni davlat tomonidan berilgan imtiyozlar asosida olgan.
Davlat rahbari shunday ikki oila - Nargiza Rahimova hamda Farrux Egamovning xonadonlarida bo‘lib, ular bilan suhbatlashdi.
- Siyosatimizning eng katta talabi mahallalarda yurib, odamlarning muammolarini eshitib, ularni hal etish. Bugun ham Surxondaryo bo‘yicha katta rejalar belgiladik. Hammasining tagida bitta narsa - inson manfaati bor. Endi bu uylarni aholiga adolatli berish kerak. Adolat bo‘lsa, qadriga yetadi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Umuman, bu yil Surxondaryo viloyatida 3 ming 500 kvartirali ko‘p qavatli uylar quriladi. 1 ming 460 ta oilaga ipoteka uchun subsidiya beriladi.
Shu bilan Prezidentimizning Surxondaryoga tashrifi yakuniga yetdi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi